1xbet ta'qiq va cheklovlar
1xbet rasmiy qoidalariga asosan quyidagi harakatlar bukmeker qoida va qarorlariga zid deb topiladi. Bu akkaunt bloklanishi va pullar muzlatilishiga olib kelishi mumkin.
Qoidalardagi cheklov va ta'qiqlarni xususiyatiga qarab bo'lib chiqdik:
1. Pul tikish ta'qiqlangan 1xbet foydalanuvchilari:
- 18 yoshga to'lmagan shaxslar.
- Garov tikilayotgan sport voqeasi bevosita ishtirokchilari (Sportchilar, murabbiylar, hakamlar, klub egalari).
- 1xbet va boshqa bukmekerlik idoralari vakillari.
- Kazino o'yinlariga o'rganib qolgan va qaramlikdan (ludomaniya) azob chekuvchi shaxslar.
- O'zbekistonda amaldagi qonunga ko'ra bukmeker bilan shartnoma tuzishi ta'qiqlangan shaxslar.
2. Shaxsiy kabinet bilan bog'liq cheklovlar
- Bir akkaunt qoidasi: Har bir foydalanuvchi faqat bitta akkauntga ega bo'lishi mumkin. Bitta oila, manzil, elektron pochta, IP-manzil, bank kartasi yoki to'lov tizimi uchun faqat bitta shaxsiy kabinet ochishga ruxsat beriladi.
- Qayta ro'yxatdan o'tish: Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchiga yangi ism yoki elektron pochta orqali qayta ro'yxatdan o'tish taqiqlanadi.
- Soxta hujjatlar: Birovning hujjatlaridan foydalanish, amal qilish muddati o'tgan yoki fotoshop qilingan soxta hujjatlarni taqdim etish taqiqlanadi.
- Akkauntni boshqalarga berish: Shaxsiy kabinet dostupini uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berish yoki birovning kabineti orqali garov tikish taqiqlanadi.
- Faolsizlik va passiv akkaunt: Agar akkaunt 3 oy davomida ishlatilmasa, kompaniya uni avtomatik bloklash huquqiga ega. Bunda akkauntga kirishlar hisobga olinmaydi. Balans pul bilan to'ldirilishi va kamida 1ta o'yinga pul tikilishi kerak.
3. Iqtisodiy cheklovlar (To'lovlar va pul yechib olish)
- To'lov usuli: Mablag'larni faqat hisobni to'ldirishda foydalanilgan usul (va bir xil rekvizitlar) orqali yechib olish mumkin. Bunda qaysi tulov kartasi orqali hisob to'ldirilgan bo'lsa yutuq pullarni ham shu kartaga chiqarish mumkin.
- O'yin o'ynamasdan pul yechish: Tikishlarni amalga oshirmasdan turib pul mablag'larini kiritish va qayta yechib olish tavsiya etilmaydi va rad etilishi mumkin. Bu pul yuvish sxemasiga uxshaydi.
- Birovning kartasi/hamyoni: Boshqa shaxslarga tegishli elektron hamyonlar yoki bank kartalari orqali hisobni to'ldirish va pul yechish taqiqlanadi.
- Tranzit qilish uchun pul aylantirish: Pul mablag'larini bir to'lov tizimidan boshqasiga o'tkazish uchun hisobdan foydalanish taqiqlanadi.
4. Pul tikishdagi ta'qiqlar
- Minimal va maksimal summa: Har qanday tanlov uchun minimal tikish miqdori 0,30 AQSH dollari yoki 0,20 yevroni (yoki ekvivalentini) tashkil etadi.
- Maksimal yutuq: Bitta garov bo'yicha maksimal yutuq summasi 50 000 yevro bilan cheklangan.
- Ma'lum bo'lgan natija: Natijasi allaqachon ma'lum bo'lgan hodisalarga garov tikish cheklanadi.
- Guruh bo'lib tikish: Bukmeker tomonidan o'rnatilgan cheklovlarni chetlab o'tish maqsadida bir bir guruh shaxslarning (sindikat) kelishib garov tikishi taqiqlanadi.
5. Firibgarlik va adolatsiz o'yin
- Tikishni avtomatlashtirish: Garov tikishni avtomatlashtiruvchi maxsus dasturiy ta'minotlar (botlar) va tahlil qiluvchi tizimlardan foydalanish qat'iyan man etiladi.
- Xatolar va nosozliklar: 1xbet.com saytidagi yoki 1xbet.apk dasturidagi xatoliklar va nosozliklardan (glitching) nohalol daromad olsh yo'lida foydalanish taqiqlanadi.
- Kelishilgan o'yinlar: Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etish yoki adolatsiz o'yin ehtimoli tug'ilganda, bukmeker garovlarni bekor qilish huquqiga ega.
6. Bonus va aksiyalar
- Bonuslarni suiste'mol qilish: Bonus dasturlarini suiste'mol qilish (masalan, bir necha akkaunt orqali bonus olish) akkauntning yopilishiga va barcha yutuqlarning bekor qilinishiga olib keladi. Bunda asosiy hisobdagi pul mablag'ini qaytarish uchun supportga yozish kerak.
- Shaxsiy ma'lumotlar: Akkauntdagi barcha shaxsiy ma'lumotlar to'liq to'ldirilmagan bo'lsa, bonuslardan foydalanish cheklanadi. Shu sababli 1-depozitdan avval ma'lumotlarni kiritish zarur.
Ushbu akkaunt blok bo'lishiga olib keluvchi holatlardan tashqari boshqa holatlar uchun ham akkaunt bloklanishi mumkin. Bunda 1xbet support bloklanish sababini tushuntirmaslik huquqiga ega.
Comments (0)